O‘zbekiston | 07:45 / 06.12.2019
2133
2 daqiqa o‘qiladi

Qurolli Kuchlar akademiyasida xorijiy mutaxassislar ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) mutaxassislari ishtirokida “Internetdan foydalanishda kiberxavfsizlikka umumiy yondashuv” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga ko‘ra, mazkur tadbirda YeXHT mutaxassislari o‘zlarining kiberxavfsizlikni rivojlantirish bo‘yicha ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot texnologiyalari kommunikatsiyasi va harbiy aloqa instituti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti vakillari hamda akademiya professor-o‘qituvchilari ham o‘z ma'ruzalari bilan qatnashishdi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad, bugungi globallashuv davrida internet tarmog‘idan foydalanishda, kiberxavfsizlik hamda kiberqurolning nechog‘lik zarurligi, turli xil yot axborotlar kirib kelishini, jumladan mumkin bo‘lmagan ma'lumotlarni noqonuniy olish xavfsizligini ta'minlashdan iborat.  

Seminarda kelajak rejalar muhokama qilinib, YeXHT bilan mamlakatimizning harbiy tizimidagi kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Internet tarmoqlariga “O‘ta tajribali xakerlar”ning qo‘li bilan joylanayotgan, turli xil harbiy-siyosiy ma'lumotlarning xavfsizligini takomillashtirish hamda axborot olamidagi yangiliklar daqiqa sayin ko‘payayotgan bir vaqtda, to‘g‘ri va noto‘g‘ri xabarlarning oldini olish bo‘yicha takliflar berildi va ma'ruzalar tinglandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid