Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda 15,5 ming kishi parlament saylovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi
Eronda 2020 yil fevralda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida qatnashish uchun nomzod sifatida 15,5 mingdan ortiq kishi ruyxatdan o‘tdi, deb ma'lum qildi mamlakat ichki ishlar vazirligi.
«Biz taxmin qilganimizdek, ro‘yxatga olinganlarning umumiy soni 15 618 kishini tashkil qildi», deb ma'lum qildi Eron ichki ishlar vazirining o‘rinbosari va saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha shtab boshlig‘i Jamol Orif. Uning ta'kidlashicha, nomzodlar soni 16 ming kishidan oshishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, nomzodlarning 88 foizini erkaklar, 12 foizini esa ayollar tashkil qilgan.
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 1 dekabrdan boshlanib, 7 kun davom etgan. Endi ro‘yxatga olinganlar konstitutsiyani muhofaza qilish kengashi tomonidan konstitutsiyaviy me'yorlarga muvofiqlikka tekshirilib, nomzodlari tasdiqlanadi.
Eron parlamentiga saylovlar 2020 yil 21 fevralda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:48
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
08:59 / 10.07.2026
Eronda Ali Xominaiy dafn etildi
20:35 / 09.07.2026