Köpçilikda nogironligi bor insonlardan hayiqiş, özini orqaga tortiş odati bor. Stereotip şunçalik kuçli şakllanganki, uning ortiga nazar solişga harakat qilib körmaganmiz. Ya'ni imkoniyati çeklanganlar oddiy, özimiz qatori odamlar ekanini unutib qöyamiz. Ularning dunyosiga nigoh solganda, qançadan qança muammo borligi, hattoki eng primitivlari ham hal etilmayotganini bilib olasiz.

Nogironligi bor fuqarolarga hamma qatori imkoniyatlar berilyaptimi? Ularning fuqarolik huquqlari (masalan, işlaş, öqiş) hukumat tarafidan ta'minlab berilyaptimi? Albatta deyişdan oldin quyidagi fikrlarga e'tibor qaratiş muhim.

«Özbekistonda nogironligi bölgan fuqarolarning atigi 2 foizi iş bilan ta'minlangan»

Ra'no Şodiyeva (Nogironligi bölgan bolalar va yoşlar respublika markazi rahbari):

– Hozirgi kunda nogironligi bölgan fuqarolar 710 ming nafarni taşkil qilyapti. Ulardan 101 ming 316 nafari bolalar va 300 mingdan ortiği ayollardir.

Nogironligi bölganlar çeklangan ijtimoiy infrastruktura, jumladan, ma'lumot oliş imkoniyati, işga joylaşiş borasida diskriminatsiya bilan tez-tez töqnaş kelişadi. Jamoatçilik stereotipi, ta'lim oliş, qaror qabul qilişdagi çeklovlar ham şular jumlasidan.

Bu yil BMTning «Nogironlar huquqlari töğrisida»gi Konvensiyasini Özbekiston hukumati imzolaganiga 10 yil töladi. Ayni vaqtda uşbu hujjatni ratifikatsiya qiliş jarayoniga tayyorgarlik körilmoqda. Konvensiyaning realizatsiyasi nogironligi bölgan şaxslarga öz imkoniyatlarini töla oçib berişga, ijtimoiy hayotga moslaşuviga kömak beradi. Inklyuziv ta'lim-tarbiyani rivojlantiriş orqali yuqoridagi muammolarni hal qiliş mumkin.

Fikrimça, inklyuziv ta'lim töğrisidagi qonunni işlab çiqiş vaqti keldi. Inklyuziv ta'limning maqsadi – har bir inson teng huquqlilik asosida bilim oliş imkoniyatini yaratişdir. Nogironligi bölgan şaxslarni iş bilan ta'minlaşda respublika böylab 3 foizlik kvota ajratilgan. Atigi 2 foiz nogironligi bölgan fuqarolar iş bilan ta'minlangan.

Nogironligi bölgan yoşlarni iş bilan ta'minlaş böyiça davlat dasturi işlab çiqilişi zarur. Ularga nisbatan jamiyatni rivojlantirişda muhim rol öynovçi resurs sifatida qaraşni şakllantiriş lozim.

«Nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça qonunni öqib, özimni ertakka tuşib qolganday his qildim»