Tadbirkorlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olishga rag‘batlantiriladi
O‘zbekistonda ishga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri tuziladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ish bilan ta'minlashga oid yangi prezident qarori qabul qilindi.
Unga asosan, 2020 yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida tajriba tariqasida:
- ishga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri shakllantiriladi va reyestrga kiritilgan shaxslarga bo‘sh ish o‘rinlariga joylashishga ko‘maklashiladi;
- tadbirkorlik sub'yektlariga ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari yaratayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali har bir yaratilayotgan ish o‘rni uchun BHMning 25 baravarigacha, biroq jami har bir tadbirkorlik sub'yekti uchun BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga, bir yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaratilgan ish o‘rnida nogironligi bo‘lgan shaxslarning kamida bir yil ishlashi sharti bilan mikrokreditlar ajratish tartibi joriy etiladi;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayniqsa, kam ta'minlangan va mehnat migrantlari oilalarining a'zolari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul o‘qitish kurslari tashkil etiladi.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 fevralga qadar ushbu tajriba doirasida qilingan ishlar monitoring qilinadi. Tajribaning ijobiy yakunlari bo‘yicha uni keyinchalik doimiy asosda joriy etish yuzasidan hukumatga asoslantirilgan takliflar kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google’ning Gemini sun’iy intellekt servisi barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘ldi
Jahon | 22:44
-
Andijondagi masjidda ro‘y bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 22:12
-
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Jahon | 21:50
-
Eron oliy rahbari agar AQSh zarba bersa, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

21:20 / 19.02.2025
Tomorqasiga ekin ekmagan kambag‘allar imtiyozlardan mahrum bo‘ladi

22:19 / 12.02.2025