O‘zbekiston | 10:31 / 11.09.2025
1779
3 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan yoshlarning o‘qish, yashash va transport xarajati qoplab beriladi

Subsidiya olish uchun 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar, O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ariza berishi mumkin.

Foto: Getty Images

Subsidiyalar quyidagi yo‘nalishlarda beriladi:

ta’lim xarajatlari uchun:

  • kasb-hunar, dasturlash, axborot texnologiyalari kurslari uchun – BHMning 5 baravarigacha;
  • umumta’lim fanlari – BHMning 3 baravarigacha;
  • xorijiy tillar uchun – BHMning 3 baravarigacha.

Bir nafar yoshga bir turdagi kurs uchun 12 oydan oshmagan muddatda subsidiya ajratiladi;

ijarada yashash xarajatlari uchun – bir kunlik miqdor BHMning 10 foizigacha (41 ming 200 so‘m);

transport xarajatlari – har bir kilometr uchun BHMning 0,2 foizigacha (824 so‘m).

Har yili 500 nafar nogironligi bo‘lgan yoshgagina subsidiya ajratiladi. Subsidiyalar ariza topshirish ketma-ketligi bo‘yicha beriladi. 

Yoshlar quyidagi ikki yo‘ldan biri orqali ariza topshirishi mumkin:

davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza yuborish.

Ariza bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • pasport yoki shaxsiy identifikatsiya raqami;
  • nodavlat ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma;
  • yashash xarajatlari qoplanishi so‘ralsa, ijara shartnomasi va uning soliq organlarida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma;
  • transport xarajatlari uchun – yo‘l chiptalari yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.

Ariza 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Agar barcha talablar to‘liq bajarilgan bo‘lsa:

  • ariza beruvchiga SMS orqali xabarnoma yuboriladi;
  • mahalladagi yoshlar yetakchisi ta’lim olish, yashash va transport sharoitlarini monitoring qiladi;
  • nodavlat ta’lim muassasasi har oylik hisob-fakturani tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga yuborib boradi.

Arizada kamchiliklar bo‘lsa, ariza beruvchiga bu haqda SMS-xabarnoma yuboriladi va kamchiliklar tuzatilgandan keyin qayta murojaat qilish mumkin.

Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan so‘ng:

  • ta’lim xarajatlari uchun mablag‘ tuman (shahar) bo‘limi orqali nodavlat ta’lim tashkiloti hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
  • yashash va transport xarajatlari uchun mablag‘lar ariza beruvchining shaxsiy bank kartasiga yuboriladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid