Jamiyat | 18:33 / 09.12.2019
5061
4 daqiqa o‘qiladi

«Andijon HETK» AJda travers va metall konstruksiyalar ishlab chiqarish sexi tashkil etildi

«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan energotizimning Andijon viloyatidagi ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda travers va metall konstruksiyalar ishlab chiqarish sexi tashkil qilindi.

Ishlab chiqarish sexida barcha turdagi elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadigan uskunalar, ya'ni joriy yilda 8 ming donadan ziyod OG-1, OG-2, M-1, M-3 traverslar va boshqa turdagi temir qurilmalar tayyorlanib, ushbu qurilmalarni tayyorlashda zamonaviy tokarlik dastgohlaridan foydalanilmoqda. Natijada korxonaga 500 mln so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurilish dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2661-son qarori hamda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari ijrosi doirasida temir qurilmalarga bo‘lgan 2020 yil ehtiyojiga qarab 25 ming donadan ziyodligi hisobga olinganda, korxonaga iqtisod qilinadigan mablag‘ 2 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Hozirda «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» AJ qoshida temir-beton tayanchlarini ishlab chiqarish sexi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Korxonaning yillik ehtiyoji 35 mingdan oshiq temir-beton tayanchlarni tashkil qilishini hisobga olganda, sexning yillik ishlab chiqarish hajmi korxonaga 3 mlrd so‘mdan ziyod iqtisodiy daromad olib kelinishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, korxonada loyiha guruhi tashkil etilib, natijada loyihalarni yaqin turdagi bir qismi ular tomonidan tayyorlanmoqda. «Qishloqenergoloyiha» AJ tomonidan joriy yilning 10 oyida 2 mlrd so‘mlik loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishiga sarflanganini hisobga olsak, bu hol ham tarmoqlarni qurishda tannarxini pasaytirish imkonini bermoqda.

«Andijon shahri «Navro‘z» MFY Andijon shahar elektr ta'minoti korxonasi Bobur bo‘limi tasarrufidagi PS Kimyoviydan chiquvchi 6 kV Ta'limot elektr uzatish tarmog‘iga ulangan TP №9 orqali elektr energiya bilan ta'minlanadi. Quvvati 320 kVa. Aholi xonadonlari soni 129ta. Bundan tashqari, hududda bitta ko‘p qavatli uy joylashgan bo‘lib, ushbu ko‘p qavatli uyda 17ta xonadon bor. Transformatordan chiquvchi 0,4 kV havo tarmog‘ining uzunligi 1,8 km 0.4kV elektr uzatish tarmog‘iga A-25, A-35 markali ochiq simlar tarmoqlangan. Transformator punktidan chiquvchi elektr uzatish tarmog‘iga o‘rnatilgan tayanchlarning 95 foizi yog‘och tayanchlardan iborat edi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-2661 sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2019 yilda Andijon shahar Bobur ETKning manzilli dasturiga kiritilgan. «Navro‘z» MFYda joylashgan Uch Tegirmon ko‘chasida hozirda 20dan ortiq beton tayanchlar o‘rnatilib, 0,6 km uzunlikda zamonaviy SIP 3x50 markali kabellar tortildi.

Bundan tashqari, quvvati 160 kVa bo‘lgan transformator punkti jamiyatimiz tomonidan berildi. Qurilish-montaj, transformator punktining ishga tushirish ishlari 2019 yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan», deyiladi «Andijon HETK» matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid