“Andijon HETK” AJ matbuot xizmati xabariga köra, Andijon viloyati şahar va tumanlaridagi 76ta mahalla fuqarolar yiğinida elektr energiyasi ta'minotini yaxşilaş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş böyiça olib borilgan örganişlar natijasida şaroiti öta oğir deb topilgan, tuman sektorlari rahbarlarining e'tiboridan çetda qolib ketgan 16ta hudud tanlab olindi.

Jumladan, Asaka tumanidagi “Uluğbek”, Böston tumanidagi “Sarbon”, Jalaquduq tumanidagi “Osuda hayot”, Izboskan tumanidagi “Kuyganyor”, Marhamat tumanidagi “Tölğa”, Qörğontepa tumanidagi “Dardoqtepa”, Oltinköl tumanidagi “Xöja”, Uluğnor tumanidagi “Terakzor”, Xöjaobod tumanidagi “Orday”, Şahrixon tumanidagi “Tölqin”, Andijon tumanidagi “Mustaqillik”, Baliqçi tumanidagi “Siza”, Buloqboşi tumanidagi “Şarq yulduzi”, Paxtaobod tumanidagi “Ziyoli”, Xonobod şahridagi “Yuksaliş” va Andijon şahridagi “Sadda” mahallalarida amaliy işlarga kirişildi.

Rejaga muvofiq, mazkur hududlarda 24,7 km uzunlikdagi past kuçlanişli elektr tarmoqlari tortilib, 15ta yangi transformator punkti örnatiladi. 38,4 km tarmoqdagi 21ta transformator punkti mukammal ta'mirdan çiqariladi.

“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati boş direktori A.Jörayevning ma'lum qilişiça, joriy yilgi davlat dasturi asosida viloyat böyiça 1 146 km elektr tarmoqlari tortilib, 306ta yangi transformator punkti örnatilişi közda tutilgan.

Şuningdek Xöjaobod tumani “Orday” MFY oğir hudud deb topilganligi uçun “Hududiy elektr tarmoqlari” boşqaruvi raisi örinbosari D.Nosirov boşçiligida “Andijon HETK” AJ vakillari bilan birgalikda uşbu mahalla fuqarolar yiğinidagi aholi xonadonlarida elektr ta'minotidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda.

Ayni vaqtda “Orday” MFY Pasyolka köçasida TP№ 360/50 kVA transformator punkti töla ta'mirlandi, TP№360/50 kVA.dan çiquvçi 1,2 km 0.4 kV tarmoq daraxt şoxlaridan tozalandi, simlar taranglaştirildi, tayançlarning estetik holati yaxşilandi. Aholi xonadonlarida elektr ta'minotini yaxşilaş maqsadida 16 dona temir-beton tayançlar olib kelinib, hozirda örnatiş işlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, davlat rahbarining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida”gi qaroriga köra, sönggi tört yil davomida Andijon hududi böylab 2 256 km elektr tarmoqlari tortilib, 985ta transformator punkti örnatildi.

2021 yilgi davlat dasturi asosida joriy yilda 1 146 km past kuçlanişli elektr tarmoqlari va 306 dona transformator punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan bölib, şundan elektr ta'minoti oğir bölgan 76ta mahalla hududida iste'molçilarga qulayliklar yaratiş maqsadida 24,7 km masofada elektr uzatiş tarmoqlari, 15 dona transformator punkti yangidan qurilişi birinçi galdagi vazifa sifatida belgilab olindi.