Köpçilikka nohaq qamalgan olim sifatida yaxşi taniş bölgan, uç oyça avval ozodlikka çiqqan Andrey Kubatin hamda uning turmuş örtoği, tarixçi olima Feruza Jumaniyozova tahririyatimiz mehmoni bölişdi. Ular qiziqarli suhbat davomida hayotlarining ommaga ma'lum bölmagan qirralari, ilm va olim tiynati, tarixçi olimni qiynagan muammolar, şuningdek, ilmiy faoliyatlari haqida sözlab berişdi.

«Köpçilik turkologiya deganda turkiy xalqlar tillari bilan şuğullanişni tuşunadi — bu yangliş!»

— Andrey aka, köpçilik sizni tarixçi sifatida taniydi, ba'zilar esa turkolog olim deb biladi. Özingiz taalluqli bölgan ilm sohasi haqida sözlab bersangiz?

— Bizda xalq orasida yurgan yangliş tuşunça bor, ya'ni turkologiya deganda turkiy xalqlar tillari bilan şuğullanuvçi sohani tuşunadi. Aslida bunday emas, sababi turkiy xalqlarning tarixini, madaniyatini, folklorini – barça sohalarini örganuvçi olim turkolog hisoblanadi. Men köproq ularning qadimgi davri bilan şuğullanaman.

Feruza Jumaniyozova va Andrey Kubatin

Bundan taşqari, özbek tilining bobo tili bölgan qadimgi runik yozuvlar böyiça va ilk örta asrlarda turkiy va eroniy xalqlarning aloqalari böyiça ham tadqiqotlar olib boryapman.

«Aslida, ilm bizning yöllarimizni tutaştirgan»

— Feruza opa, ilmga kirib kelişingiz qanaqa bölgan? Hayot yöllari qanday qilib kesişdi?

— Aslida, ilm bizning yöllarimizni tutaştirgan desam mubolağa bölmaydi. Men universitet talabasi bölgan kezlarimdayoq turkiy xalqlarning tillari, yozuvlariga qiziqardim. Turkiyşunos olim Ğaybullo Boboyorov bu borada menga ustozlik qilgan va ayni zamonda Andrey Kubatin ham u kişining şogirdi edi.

Ustozimiz çet el safarlarida, konferensiyalarida bölgan vaqtda Andrey aka menga turkiy xalqlar hayotiga oid kitoblarni topişda yordam berardi, yozuvlarni örgatardi. Andrey aka boşqa millat vakili bölişiga qaramay, özbek xalqini nihoyatda sevişi, turkiy xalqlar tarixi, etnografiyasi, tili, madaniyati haqida juda mukammal bilimga egaligi meni qiziqtirardi. Men ham şu ilm sohasidan ketişni maqsad qilgandim va ilm bizning yöllarimizni tutaştirdi desam böladi.