Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada pedofiliya uchun sudlangan o‘zbekistonlik koloniyada «Niva» tagida qolib o‘ldi
Moskvada oddiy ishchi bo‘lib ishlagan hamda jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari uchun sudlangan O‘zbekiston fuqarosi umumiy rejimdagi koloniyaning avtoustaxonasida halok bo‘ldi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, u «Niva» rusumli mashinaning bosib qolishi tufayli halok bo‘lgan. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik erkakning o‘zi mashina tagiga yotgani aytiladi. Sir emaski, jazoni ijro etish muassasalarida bunday jinoyatlarni sodir etgan mahkumlarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishadi.
Voqeaga guvoh bo‘lgan mahkumlarning tergovchilarga ma'lum qilishicha, Moskvada ishlab kelgan o‘zbekistonlik erkakning o‘zi negadir ta'mirlanayotgan mashina tagiga yotgan va uning pastki qismini tekshira boshlagan. «GlavMedia» Telegram kanaliga ko‘ra, aynan o‘sha paytda mashina qandaydir tarzda pastga qulab tushgan.
Koloniya ma'muriyatining dastlabki versiyasiga ko‘ra, voqea avtoustaxonada xavfsizlik qoidalari buzilishi bilan bog‘liq baxsiz hodisa tufayli yuz bergan.
Qayd etilishicha, 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Moskvada ishlagan paytida 13 yoshli qizni zo‘rlagan. Jabrlanuvchining onasi ushbu holat yuzasidan politsiyaga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026