Samarqand viloyati tumanlarida pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazayotgan fuqarolar ushlandi
Yangi yil yaqinlashishi bilan joylarda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi avjiga chiqadi. Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xodimlari butun viloyat bo‘ylab ana shunday holatlarga barham berish borasida ish olib borishmoqda.
4 dekabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 8-sonli IIB JQG hamda viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «pirotexnika vositalarini sotib olish» tadbiri davomida Samarqand shahrida yashovchi G.Sh.dan XXRda ishlab chiqarilgan 1200 dona pirotexnika vositasini 300 ming so‘m pulga savdolashib, sotayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. G.Sh.ga nisbatan MJtKning 185-1-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma tuzilgan.
Shu kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.L. Payshanba shaharchasi «Dehqon bozori» yonida savdo do‘konida yashirin ravishda saqlab kelayotgan pirotexnika buyumlarini pachkasini 13.000 so‘mdan sotgan vaqtida qo‘lga olinib, ko‘zdan kechirish davomida uning savdo do‘konidan yana 27 blok pirotexnika mahsulotlari topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
7 dekabr kuni Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Kamangaron» MFYda yashovchi S.K. Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan «Treniya» nomli pirotexnika mahsulotlarini jami 1.344.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Xuddi shuningdek, Samarqand shahrida yashovchi X.Sh. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Labo» avtomashinasida Narpay tumani markazi Oqtosh shahridagi dehqon bozori yoniga kelgan vaqtda, uning mashinasidan XXRda ishlab chiqarilgan 240 pachka pirotexnika vositasi borligi, aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb ma'lumot berdi Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati.
Hurmatli fuqarolar!
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-1-moddasiga ko‘ra javobgarlik keltirib chiqaradi.
Ya'ni, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (olib chiqish) yoki o‘tkazish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Agar ma'muriy javobgarlikka tortilgandan keyin ham shu ishga qo‘l urilsa, bu jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi)ga ko‘ra jazo tayinlanadi.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
15:49 / 02.10.2024