Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Foto: Temurbeklar maktabi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning 10dan ortiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan:
oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida to‘plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTMlariga o‘qishga kirishda esa to‘plagan ballarining 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;
“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli tugatganlarga, tarkibida ushbu maktab bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash natijasi bo‘yicha kirish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025