Bugun, 10 dekabr kuni Toşkentda “Xotin-qizlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş: milliy tajriba va xalqaro amaliyot” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça komissiyasi tomonidan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti (YeXHT) bilan birgalikda taşkil etilgan tadbirda senatorlar, bir qator davlat va nodavlat tuzilmalari vakillari hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqan Boş prokuror örinbosari Svetlana Artikova xotin-qizlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini oliş uçun ta'sirçan tizim yaratişda Özbekiston tajribasiga töxtalib ötdi va bu borada qilinadigan işlar hali köp ekanligiga urğu berdi.

“Heç bir viloyat bizning hududimizda ayollar tomonidan jinoyat, huquqbuzarlik sodir etilmadi, deya maqtana olmaydi, yoki heç bir viloyat hududimizda ayol, erkak, qiz yoki öğil bola öz joniga qasd qilmagan, deya maqtana olmaydi. Demak, hali oldimizda juda jiddiy masala turibdi. Özbekistonda köp işlar qilingan, biroq bundan ham köp iş qilişimiz kerak”, - dedi Artikova.

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi boş maslahatçisi Nodira Şotursunova 2019 yil 2 sentyabrida “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida” hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi qonunlarning amaliyotga tatbiq etilişi borasida olib borilayotgan işlarga töxtaldi.

“Xotin-qizlar huquqlari borasida işlab çiqilgan ikkita qonunni amaliyotga tatbiq etiş uçun ön yilga möljallangan strategiya işlab çiqilyapti. U ijtimoiy-siyosiy, iqtisod, bandlik va mehnat migratsiyasi, ta'lim va boşqa sohalardagi gender tenglik yönalişlariga bölingan. Hozir işçi guruh strategiya ustida iş olib boryapti. U kelasi yilning yanvar oyida qabul qilinişi belgilangan.

Ayni vaqtda zöravonlik va tazyiqqa uçragan ayollar bilan işlovçi mutaxassislar yoki davlat vakillari, Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi xodimlari va psixologlar uçun qöllanmalar işlab çiqilyapti”, - dedi Nodira Şotursunova.

Davra suhbatida xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarni keltirib çiqaruvçi sabablarga alohida urğu berildi. Xususan, tadbirning birinçi sessiyasi doirasida gender omilini hisobga olgan holda jinoiy faoliyatga qarşi kuraşiş sohasidagi xalqaro va milliy amaliyot körib çiqildi.