Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bo‘sh vagonlar temir yo‘l izidan chiqib ketdi - IIV
2019 yil 12 dekabr kuni soat 07:30larda Andijonga Qozog‘iston Respublikasidan 13ta yarim ochiq vagonlarda “OOOTA Minirals” MChJ nomiga ko‘mir mahsulotlari keltirilgan.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, Paytug‘ temir yo‘l bekatining 7-yo‘liga qo‘yilgan va ko‘mir mahsulotlari tushirib bo‘lingandan keyin vagonlar g‘ildiraklarining tagiga temir yo‘l bashmaklari mahkamlanmaganligi sababli, ushbu yarim ochiq bo‘sh vagonlar past tomonga harakatlanib ketgan.

Natijada, 63080675-sonli yarim ochiq bo‘sh vagon temir yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan va 60745015-sonli yarim ochiq bo‘sh vagonning oldi g‘ildiraklari temir yo‘l izidan chiqib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Ijtimoiy tarmoqda holat tasvirlangan video tarqalgan.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026