Britaniya muddatdan avvalgi saylovda ovoz bermoqda. Besh yilda uchinchi marta
Payshanba kuni Buyuk Britaniyada navbatdan tashqari umumxalq saylovlari o‘tkazilmoqda - bu so‘nggi besh yil ichidagi uchinchi saylovlardir. Mahalliy vaqt bilan soat 07:00da Angliya, Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyadagi 650 okrugda saylov uchastkalari ochildi.
Ovozlarni hisoblash mahalliy vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. Dastlabki natijalar juma kuni tongida e'lon qilinishi kutilmoqda.
Mamlakatdagi barcha maktablarda, cherkovlarda, shaharlar hokimiyati binolarida va tuman kengashlarida, hattoki kirxonalarda saylov uchastkalari ochilgan.
Britaniya parlamentining har bir deputati oddiy yo‘l - o‘z okrugida eng ko‘p ovoz olish orqali saylanadi.
Oktabr oyi oxirida Jamoalar palatasi navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan va bu qaror Lordlar palatasi tomonidan ma'qullangandi.
Siyosatchilar va barcha britaniyalik saylovchilar qarshisida turgan asosiy masala - «Brekzit» taqdiri bo‘lib qolmoqda. Bu masala qanday hal etilishi Britaniya iqtisodiyoti va Milliy sog‘liqni saqlash tizimi taqdirini hal etadi.
Saylov uchastkalariga keluvchilardan pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa biror hujjat so‘ralmaydi, o‘z ismi-sharifi va manzilini aytish kifoya qiladi. Bir kishi faqat bir marta va bir nomzod uchun ovoz berishi mumkin.
Ko‘plab saylovchilar pochta orqali ovoz berib bo‘lishgan. Ikki yil muqaddam 7 million saylovchi masofadan turib saylovda qatnashgandi.
Saylov huquqiga Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan 18 yoshdan oshgan har bir inson egadir.
Ovoz berish kunida televideniye va radio orqali saylov targ‘ibotini davom ettirish taqiqlanadi.
Bu qoida saylov kuni ham targ‘ibot o‘tkazish mumkin bo‘lgan Amerikadagi tartibga zid keladi. Britaniyadagi qoida saylov kuni saylovlarni yoritish saylovchilarga qandaydir bosim o‘tkazish mumkinligi bilan izohlanadi.
Saylov kun tartibidagi asosiy masala faqat «Brekzit» emas. Boshqa muhim masalalar jumlasiga mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini moliyalash, iqtisodiy tengsizlik va iqlim o‘zgarishi kiradi.
So‘nggi marta Buyuk Britaniyada qishki vaqtda saylov o‘tkazilishi 1974 yilda ro‘y bergandi, dekabr oyidagi saylov esa so‘nggi marta 1923 yilda kuzatilgan.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024