18:00 / 12.12.2019
0
9511

To‘ra Bobolov surxondaryolik blogerlar va matbuot kotiblari bilan uchrashdi

Surxondaryo viloyati hokimi viloyatdagi blogerlar, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan yoshlar va tuman (shahar) hokimliklarining axborot xizmatlari rahbarlari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uchrashuvda To‘ra Bobolov viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida erishilayotgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazishda, joylarda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ijtimoiy tarmoqlarda kengroq yoritishda faollik ko‘rsatishga chaqirdi.

 

 

 

Hokimliklarning axborot xizmatlari rahbarlariga OAV vakillari, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlarda faollik ko‘rsatayotgan bu yoshlar bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatishi lozimligi ta'kidlandi.

Salkam 5 soat davomida samimiy va ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda blogerlar va axborot xizmatlari rahbarlari mavzu yuzasidan o‘z fikrlari va takliflarini bildirishdi. Viloyat hokimi blogerlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi.

«Viloyatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayonini yoritish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish yo‘lida har qanday masala, taklif, tavsiya hamda fikr-mulohaza bo‘lsa, eshitishga va birga hal etishga tayyormiz», — dedi To‘ra Bobolov.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top