Töra Abdiyeviç Bobolov Toşkent viloyatining Oqqörğon tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda Yangi Özbekiston naşri xabar bermoqda.
Töra Bobolov 1970 yilda tuğilgan. 1992 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1994 yildan 2003 yilgaça Özbekiston Respublikasi Davlat mulkini boşqariş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat qömitasi Surxondaryo viloyati boşqarmasida turli lavozimlarda işlagan, 2003-2004 yillarda Surxondaryo viloyati Tovar işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boşqarmasi boşliği, 2016-2017 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantiriş yiğma boşqarmasi boşliği bölgan, 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari edi.
2019 yil aprelida Surxondaryo viloyati hokimiga aylangan, 2022 yil dekabrida işdan olingan, 2023 yil fevralida esa Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, Oqqörğon tumaniga 2022 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Alişer Karimjonov prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida investitsiya masalalarida ötkazilgan yiğilişda öndan ortiq şahar va tumanlar hokimlari qatorida işdan olingandi.












