Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya parlamentiga rekord darajada ko‘p ayol saylandi
Buyuk Britaniya parlamentiga rekord darajada ko‘p ayollar saylandi, saylov natijalari shundan darak bermoqda.
Britaniya OAVda e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, jamoatchilik palatasiga 220 nafar ayol saylangan. Bunga qadar rekord ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan – o‘shanda 208 nafar ayol parlamentga saylangan.
Bu yilgi saylovlarda parlament quyi palatasidagi o‘rinlar uchun 1,1 ming nafardan ortiq ayollar kurash olib bordi.
Buyuk Britaniyada payshanba kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, saylovlarda bosh vazir Boris Jonsonning konservativ partiyasi g‘alaba qozondi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, konservatorlar 650 o‘rinli mahalliy quyi palatada 364 ta, leyboristlar - 203, shotland milliy partiyasi - 48, liberal demokratlar – 11 o‘ringa ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026