22:58 / 13.12.2019
0
9492

Microsoft yangilangan Windows dizaynini namoyish etdi

Foto: Microsoft

Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining konsepsion dizaynini namoyish etdi.  

Microsoft Design o‘tkazgan taqdimotda Word, Excel, Power Point va boshqa o‘nlab dasturlarning logotiplari ko‘rsatildi. Dizaynerlar logotiplarni 2017 yilda qabul qilingan Fluent Design konsepsiyasiga asosan qayta ishlashgan. Ushbu konsepsiyaga muvofiq, logotiplar tekis emas, hajmli shaklda bo‘ladi.

Microsoft yangi dizayn operatsion tizimda qachondan joriy etilishiga aniqlik kiritmadi. Ekspertlar yangilangan logotiplarni 2020 yilning ikkinchi yarmida Windows 10X operatsion tizimida ko‘rish mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Foto: Microsoft 
Foto: Microsoft 
Foto: Microsoft 
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top