Rossiyadagi Windows foydalanuvçilari uşbu operatsion tizim uçun yangilanişlarni olişda qiyinçiliklarga duç kelgan. Yangilanişdan keyin rossiyaliklar “ölimning qora ekrani” (black screen of death) va kompyuterning uzoq vaqt yuklanişi haqida xabar bergan, deb yozdi seşanba, 17 fevral kuni Shot Telegram-kanali.

Mash Telegram-kanali esa Windows foydalanuvçilariga yangilanişlar kelmay qolayotganini bildirgan. Yangilanişlarni yuklab olişga uringanda tizim “Microsoft yangilaniş serveri bilan ulaniş yöq” degan xato xabarini çiqargan va “qotib” qolgan, deb yozadi Mash. Ta’kidlanişiça, muammo ham litsenziyali nusxa egalarida, ham soxta versiya foydalanuvçilarida kuzatilmoqda.

Kanal mualliflari buni Rossiyada Telegram işi sekinlaştirilişi fonida provayderlar internet-trafikni yanada qattiqroq filtrlay boşlagani bilan boğlamoqda.

Şu bilan birga, aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça federal xizmat — Roskomnadzor Windows servislari işidagi muammolar haqidagi xabarlarga izoh berib, heç qanday çeklov kiritmaganini aytdi. «Windows servislariga nisbatan vakolatli organlardan qarorlar kelib tuşmagan, ularga qarşi çeklov çoralari qöllanmayapti», — deya Roskomnadzor bayonotini keltiradi TASS va RIA “Novosti” agentliklari.

Roskomnadzor 10 fevral kuni Telegram işini maqsadli ravişda sekinlaştiriş niyatini rasman tasdiqlagan. Idora “izçil çeklovlar” joriy qilişni rejalaştirişini bildirgan. Regulyator rasman bu çoralarni “Rossiya qonunçiligining buzilişi” va “fuqarolar xavfsizligi”ga tahdid bilan izohlamoqda.

Internet-senzura böyiça ekspertlar esa Rossiya hokimiyatining asl maqsadi — YouTube va WhatsApp holatida bölgani kabi Telegram’ni bosqiçma-bosqiç siqib çiqariş va RFda foydalanuvçilarni davlat nazoratidagi messenjerlarga, eng avvalo Max va VK’ga ötkaziş uçun şaroit yaratiş, deb hisoblaydi.