O‘zbekiston | 20:20 / 13.12.2019
8141
4 daqiqa o‘qiladi

Senat tanlovi g‘oliblari taqdirlandi: Kun.uz eng yaxshi internet nashri deb topildi

Oliy Majlis Senati tomonidan media vakillari o‘rtasida «Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?» tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarining turli shakllari (matbuot, televideniye, radio, internet) hamda blogerlar tomonidan Senat faoliyatiga bag‘ishlangan reportaj, fotoreportaj, ocherk, tele/radioocherk, tahliliy maqola/ko‘rsatuv/eshittirish kabi turli janrlardagi materiallar taqdim etildi hamda tegishli tartibda baholab chiqildi.

Tanlovda 50 nafarga yaqin jurnalist va blogerlar oltita nominatsiya bo‘yicha o‘zlarining 500dan ziyod materiallari bilan ishtirok etishdi va har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Internet nashrlari:

1-o‘rin. Kun.uz internet nashri

2-o‘rin. O‘zbekiston milliy axborot agentligi bo‘lim mudiri Norgul Abduraimova

3-o‘rin. Qalampir internet nashri

Televideniye:

1-o‘rin. «UzReport» telekanali

2-o‘rin. O‘zEOAVMA axborot markazi «Zamon» dasturi muharriri Ruxsora G‘ofurova

3-o‘rin. Namangan viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi bosh muharrir o‘rinbosari Sohiba Aliqulova

Radio:

1-o‘rin. «O‘zbekiston 24» radiokanali katta muharriri Sayyora Allaberdiyeva

2-o‘rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi katta muharriri Gozzal Yaxudayeva

3-o‘rin. O‘zEOAVMA radio-axborot markazi bosh muharriri Zafar Tursunov

Matbuot:

1-o‘rin. «Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri Munisxon Karimova

2-o‘rin. «Darakchi» gazetasi muxbiri Munisa Aliyeva

3-o‘rin. «Birja» gazetasi muxbiri Zamira Tojiyeva

Fotojurnalistika:

1-o‘rin. Daryo.uz internet nashri fotomuxbiri Madina Nurmanova

2-o‘rin. Kun.uz internet nashri fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev

3-o‘rin. «Xalq so‘zi onlayn» internet nashri fotomuxbiri Hasan Paydoyev

Blogerlar:

1-o‘rin: Safari telegram kanali muallifi Nozimjon Safarov

2-o‘rin: davletov.uz telegram kanali muallifi Qobil Xidirov

3-o‘rin. Bloger Shahnoza telegram kanali muallifi Shahnoza Soatova

Shuningdek, xorijiy nashrlardan «Rossiya segodnya» xalqaro axborot agentligi (Rossiya Federatsiyasi) muxbiri Dmitriy Povarov va Fars News axborot agentligi (Eron Islom Respublikasi) muxbiri Sherali Avezmatov ham taqdirlanishdi.

G‘oliblar Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva tomonidan taqdirlanishdi. Tanzila Norboyeva Parlamentning yuqori palatasi va OAV o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanayotgani, muammolarning hal qilinishi jarayonida jurnalistlarning ishtiroki ortayotganini e'tirof etdi.

«Oliy Majlis Senati xalq uchun, ommaviy axborot vositalari uchun ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga intilmoqda. Nafaqat Senatning yalpi majlislari, balki qo‘mitaning ichki yig‘ilishlarida, senatorlarning yakka faoliyatini yoritishda ham jurnalistlarning ishtirok etayotgani buning isbotidir. Qonun muhokamalarining ochiqligini ta'minlash uchun Senat yalpi majlislarini onlayn translatsiya qilish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, jurnalist va blogerlar tomonidan ko‘tarib chiqilayotgan muammolarning yechim topishi, ularning davlat rahbari hamda Parlament darajasida ko‘rib chiqilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. «Snos», ovqatdan zaharlanish, daraxtlarning kesilishi kabi muammolar bunga misol bo‘la oladi. OAV ko‘tarayotgan har bir mavzu qonunchilik tizimi va uning ishlash mexanizmini takomillashtirish uchun turtki bo‘lmoqda», deydi Senat Raisi.

Mavzuga oid