Tez tibbiy yordam chaqiruvlarining shoshilinchligiga qarab joylashtirish tartibi e'lon qilindi
Tez tibbiy yordam chaqiruvlarining shoshilinchligiga qarab joylashtirish tartibi e'lon qilindi. Tegishli hujjat muhokama uchun joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, tez tibbiy yordam xizmatida chaqiruvlarning shoshilinchligiga qarab joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi chaqiriq beruvchi (bemor yoki boshqa shaxs) tomonidan ko‘rsatilgan chaqiruv sabablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Chaqiriq manzillariga tez tibbiy yordam brigadalarining yetib borish vaqti chaqiriq dispetcher tomonidan tez tibbiy yordam brigadasiga berilganidan keyin hisoblanadi.
Tez tibbiy yordam chaqiruvlarining shoshilinchligiga qarab joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 oktyabrdagi 3973-sonli qarori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘yrugi asosida olib boriladi.
Tez tibbiy yordam (TTYo) chaqiriqlari ustuvorliklari bo‘yicha 2 ga ajratiladi:
shoshilinch - TTYo brigadasining bemorga murojaat paytidayoq uning hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita xavf soladigan jarohatlar va kasalliklar munosabati bilan chaqirilishi;
shoshilinch bo‘lmagan va tezkor chaqiriqlar - TTYo brigadasining bemorga murojaat paytida uning hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita xavf tug‘dirmaydigan, ammo vaqt o‘tishi bilan uning sog‘lig‘i yomonlashishiga va hayotiga xavf tug‘ilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va holatlar munosabati bilan chaqirilishi.
TTYo brigadasini shoshilinch chaqiriqlariga: og‘ir tan jarohatlari (yo‘l harakati hodisalari, balandlikdan yiqilish, favqulodda holatlar natijalarida), bemorning hushdan ketishi, turli shok holatlari, profuz qon ketishi (me'da-ichak, bachadon, burundan), tug‘ruq, terining termik kuyishi sovuq urishi, bemorning kimyoviy moddalar yoki dori vositalaridan o‘tkir zaharlanishi, elektrdan jarohatlanish kiradi.
TTYo brigadasini shoshilinch bo‘lmagan va tezkor chaqiriqlariga: harakat faolligini to‘satdan buzilishi, yurak ritmining buzilishi (aritmiya), astma xuruji, o‘rta va yengil tan jarohatlari, yot jism, allergiya, bosh og‘rig‘i, qorin, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, psixikani o‘tkir buzilishi, buyrak xurujlari, qusish, toshma, yuqori isitma (agar isitma peroral dori vositalari bilan tushmasa), o‘tkir peshob ajralmasligi hamda bemorni tibbiyot xodimidan olingan chaqiruv bo‘yicha transportirovka qilish bilan bog‘liq TTYo brigadasini chaqirish holatlari kiradi.
TTYo brigadalarining chaqiriq manziliga chaqiriq tez tibbiy yordam brigadaga yetkazilgandan keyin shoshilinch chaqiriqlarda 20 minutdan kechikmasdan, shoshilinch bo‘lmagan va tezkor chaqiriqlarda 30 minutdan kechikmasdan yetib borishi lozim.
Mavzuga oid
22:04 / 17.11.2023
Qirg‘iziston hukumati Rossiyani migrantlarni tibbiy sug‘urta bilan ta’minlashga chaqirdi
18:36 / 17.10.2023
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi belgilandi
22:22 / 26.10.2022
Noto‘g‘ri “ukol” qilib ikki bolaning oyog‘i ishlamay qolishiga sababchi bo‘lgan hamshiralar sud qilindi
15:54 / 04.08.2022