Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta miqdordagi «opiy» giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB bilan Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qorasuv shahrida giyohvand vositalarini o‘tkazish jinoyati oldi olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro 25 yoshli A.K. umumiy og‘irligi 1 kg. 15 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 6.100 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2019 yil 12 dekabr kuni A.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov jarayonida A.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, giyohvandlik vositasi manbaini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
14:04 / 11.06.2026