Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli qator qatnovlar ushlanib qolishi haqida ma'lum qildi
Foto: Uzbekistan Airways
Uzbekistan Airways ob-havo sharoitlari yomonlashgani sababli (tuman), bir nechta qatnovlar ushlanib qolishi haqida ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Namangan aeroporti yopildi (ko‘rinish masofasi 50 metr). HY-095 (Toshkent-Namangan) qatnovi soat 9:30 ga ko‘chirildi.
HY-042 (Samarqand-Toshkent) qatnovi Toshkent aeroportida ko‘rinish yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli soat 09:30 ga ko‘chirildi. Shu munosabat bilan HY-065 (Toshkent-Termiz) qatnovi soat 10:30 ga ko‘chirildi.
HY-3620 (Jidda-Toshkent) qatnovi havo kemasining sardori Toshkent aeroportida soat 07:17 da ko‘rinish yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli, samolyotni Buxoro aeroportiga qo‘ndirishga qaror qildi. Hozirda samolyot Toshkentga uchishga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
18:47 / 21.08.2025
Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi xabarni rad etdi
19:00 / 14.08.2025
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
21:59 / 28.07.2025