Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya OTMning Samarqanddagi filiali ijrochi direktori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Samarqand shahridagi “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining filiali direktori o‘rinbosari - ijrochi direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi.
Hukumat hujjatiga ko‘ra, Azamat Erkinovich Qurahmedov Samarqand shahridagi “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining filiali direktori o‘rinbosari - ijrochi direktor vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 16 dekabr kuni bu haqdagi qarorni imzoladi.
Ma'lumot uchun: Azamat Qurahmedov o‘z vaqtida Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari sifatida ishlagan.
Mavzuga oid
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026