Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘zi ishlab chiqargan ilk aviatashuvchi kemani qurollanishga oldi
17 dekabrda Xitoyda ishlab chiqarilgan ilk aviatashuvchi kema Xitoy armiyasining harbiy-dengiz kuchlariga topshirildi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligiga tayanib TASS xabar qildi.
“Shandun” deb nomlangan kemaning topshirilishi tantanali marosimi Sanya shahridagi harbiy-dengiz bazasida Xitoy raisi Si Tszinpin, harbiy-dengiz kuchlarining 5 mingga yaqin vakili va kemani qurishda qatnashgan kishilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Xitoy raisi kemani ko‘zdan kechirib, undagi qurilmalar, harbiylarning yashash sharoitlari bilan tanishib chiqqan. U, shuningdek, kema qurilishida ishtirok etganlar bilan uchrashib, ularning ishlarini yuqori baholagan va yangi muvaffaqiyatlarga erishish uchun shunday ishlashda davom etishga chaqirgan.
Xitoy qurollanishida hozirda “Lyaonin”aviatashuvchi kemasi mavjud bo‘lib, u Ukrainadan sotib olingan “Varyag” kemasi negizida qurilgan. Joriy yilda u qayta jihozlanib, modernizatsiya qilingan. “Shandun” ham shu loyiha bo‘yicha, biroq boshidan oxirigacha mahalliy sanoat kuchlari tomonidan qurilgan.
Kema uzunligi 315 metrni, eni 75 metrni, suv sig‘imdorligi 70 ming tonnani tashkil qiladi. Kema soatiga 57 km tezlik bilan harakatlana oladi. Uning tarkibiga 40 ta jangovar parvoz qurilmasi – 36 ta J-15 qiruvchi samolyoti, 2 ta Z-18 transport va 2 ta ko‘p maqsadli Z-9 vertolyotlari kiradi.
Xitoy mudofaa vazirligi umumiy hisobda o‘z floti tarkibiga 4 ta aviatashuvchi kemani kiritmoqchi.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026