Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada keksalar qarilikda ham ishlay olish uchun ekzoskeletlardan foydalanishmoqda
Yaponiyada keksa odamlar qarilikda ham ishlashni davom ettirish uchun ekzoskeletlardan foydalanishmoqda. Ushbu qurilma og‘ir narsalarni tashishni yengillashtiradi va umurtqa hamda qo‘l-oyoqlarga zo‘riqish tushishini kamaytiradi. Bu haqda New Scientist nashrida ma'lum qilingan.
Ekzoskeletlar Yaponiyada aholi keksayishiga texnologik kompaniyalarning javobi bo‘ldi. Misol uchun, Innophys firmasi ryukzak ko‘rinishidagi kostyumni ishlab chiqqan bo‘lib, qurilmadagi nasosni 30 marta bosish orqali uni quvvatlash mumkin. Bunda kostyumdagi “mushaklar” havoga to‘lib, ishlash uchun yana tayyor holga keladi.
Qurilma tayyor holda 24 kilogrammgacha yukni zo‘riqishlarsiz ko‘tarish imkonini beradi. Bir dona ekzoskelet 1300 dollar atrofida turadi.
Ma'lum qilinishicha, tuzlangan turp ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi oilaviy kompaniya Innophys mijoziga aylangan. Oila boshlig‘i 70 yoshiga qaramay, qurilma yordamida og‘ir yuklar bilan ishlashni davom ettirmoqda.
Yaponiyada, shuningdek, Panasonic kompaniyasining 5,5 ming dollar turuvchi Atoun Model Y kostyumi va Toyota prototiplari ham ommalashgan. Avtomobilsozlik kompaniyasi ekzoskeletni hali savdoga chiqarmagan va keksa yoshdagi ishchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadqiqotlar olib bormoqda.
Yaponiya xalqi dunyodagi eng keksa xalqlardan biri hisoblanadi. 2015 yildagi ma'lumotlarga ko‘ra, Kunchiqar mamlakatda jami aholining 26 foizini 65 yoshdan kattalar tashkil qiladi va bu borada u dunyo bo‘yicha eng katta ko‘rsatkichga ega.
2018 yil sentyabrda Yaponiya hukumati 70 yoshdan kattalarning jami aholidagi ulushi 20 foizdan kattaligini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, mamlakatda ancha yillardan beri tug‘uruq darajasi pasaymoqda. Shu sababli hukumat pensiya yoshini 60 yoshdan 70 yoshgacha oshirishni o‘ylamoqda.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026