Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi dasturi 18 dekabr kuni tongda Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston va Aichi prefekturasi o‘rtasida ta'lim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qo‘shma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida ta'kidlandi.

O‘zbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.
O‘zaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026