Chiroqchi tumanida elektr ta'minoti korxonasining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi elektr energetikasi sohasida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga elektr energetikasi tizimiga aloqador hamda sohani kompleks rivojlantirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar yaqqol dalildir.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida elektr ta'minoti korxonasining 2 qavatli zamonaviy binosi yangidan qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur bino shinamligi bilan bir qatorda zamonaviy uslubda jihozlangan bo‘lib, iste'molchilar va xodimlar uchun turli qulayliklarni o‘zida mujassam etgan. Eng zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlanishi natijasida innovatsion xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari yaratilib, malakali mutaxassislar tomonidan iste'molchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Ma'lumot uchun ta'kidlash joizki, Chiroqchi tuman elektr ta'minoti korxonasi tasarrufida 2963.6,3 km elektr uzatish tarmoqlari, 1221 ta transformator punktlari mavjud bo‘lib, jami 70355 ta iste'molchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Binoning ochilish marosimi qatnashchilari yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud texnik va texnologik uskunalar bilan tanishdi. Barcha ishtirokchilar yangi binodagi qulayliklardan mamnun ekanliklarini e'tirof etishdi. “Bu bino o‘z navbatida Chiroqchi tuman markazining ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shdi” – deydi mehnat faxriysi Tog‘aymurod Bekmurodov. Tadbirda Chiroqchi tumani hokimi X.Jo‘rayev va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisining o‘rinbosari F.Qurbonovlar qatnashib, so‘zga chiqdi.
“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024
Elektr energiyasi hisobi uchun yangi billing dasturi ishga tushirildi
18:47 / 31.07.2024