Jamiyat | 20:30 / 19.12.2019
3582
2 daqiqa o‘qiladi

Nagoya universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyasining O‘zbekiston filialiga rahbar saylandi

Akmal Burxanov Nagoya Universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyasining O‘zbekiston filiali rahbari etib saylandi.

Nagoya universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyasi 2000 yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 14ta mamlakatda uning filiallari tashkil etilgan. Bugungi kunda Toyota korporatsiyasining faxriy raisi Shoichiro Toyoda ushbu assotsiatsiya prezidenti hisoblanadi.

Bitiruvchilar assotsiatsiyasi a'zolarining so‘nggi yig‘ilishida «Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Nagoya universiteti bitiruvchisi Akmal Burxanov O‘zbekiston filialiga rahbar etib saylandi.

«Yuksalish» umummilliy harakati

Endilikda u bir vaqtning o‘zida ushbu lavozimda ham faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston filiali ushbu ta'lim dargohini bitirgan o‘zbekistonlik talabalar, yosh olimlar hamda universitet o‘rtasida kelgusi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek boshqa mamlakat bitiruvchilarini ham ilm-fan, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish jarayonlariga faol jalb qilishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Nagoya universiteti dunyodagi yetakchi ta'lim muassasalaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Ko‘plab Nobel mukofoti sovrindorlari va boshqa mashhur olimlar ushbu universitet bitiruvchilari hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunga qadar 400 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talaba va tadqiqotchilar ushbu dargohda tahsil olib qaytishgan.

Mavzuga oid