14 may kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligi saytida Mariya Zaxarova iştirokidagi brifing çoğida berilgan javoblar keltirildi. Savollardan birida Özbekistonda davlat tilida iş yuritişni ta'minlamaganlik uçun mansabdor şaxslarga javobgarlik belgilovçi qonun loyihasi böyiça munosabat söralgan.
Mariya Zaxarova esa göyoki Özbekistonda rus tilini köpçilik özbeklar xohlayotgani, bu qonun loyihasi tarafdorlari esa kamçilikni taşkil qilişi haqida gapirgan.
«Biz uşbu qonun loyihasi böyiça OAVda davom etayotgan munozaralarga e'tibor qaratdik. Şunday taassurot uyğonyaptiki, hozirça uşbu qonun loyihasi tarafdorlari yaqqol ozçilikni taşkil etadi. Bildirilayotgan fikrlarning aksariyati rus tilining rasmiy muloqotda saqlanib qolişi munosabatlarimizning tarixiy ruhi va zamonaviy sifatiga, eng asosiysi — köpinça Rossiyada öqiş yoki işlaş uçun tanlov qilayotgan köp sonli Özbekiston fuqarolari manfaatlariga töla mos kelişini körsatmoqda», degan u.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, «Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov telegramdagi sahifasida rossiyalik rasmiyning bu javobiga munosabat bildirdi.
- Suveren davlat hududida til masalasi tartibga solinişi uning içki siyosati masalalariga kiradi.
- Rus tili böyiça Rossiya bilan hamkorlikda dasturlarning amalga oşirilişi bu yurtimizda boşqa millat vakillariga bölgan hurmatimiz darajasini bildiradi. Lekin Özbekistonda davlat tili özbek tili hisoblanadi va davlat organlarida iş davlat tilida yuritilişi qonunning talabidir.
- Zaxarova qaysi asosga köra qonun loyihasining tarafdorlari kamçilikni taşkil qilişi va rasmiy iş yurituvida rus tili töliq saqlanib qolgan, degan xulosaga keldi?
- Davlat idoralarida özbek tilida iş yuritiş Özbekiston va Rossiya örtasidagi aloqalarimiz dinamikasiga heç qanday ta'sir körsatmasligi kerak. Rossiya rasmiy vakili bu masalaning Özbekiston fuqarolari manfaatlariga zid yoki zid emasligi böyiça fikr bildirişga haqlimi?
Bloger Muhrim A'zamxöjayev Özbekiston va Rossiya munosabatlarining zamonaviy sifati umuman til masalasi bilan ölçanmasligi lozimligini qayd etib, deputatlar va senatorlar davlat tilining ustuvorligini mustahkamlaydigan qonun loyihasini xuddi YeOIIga qöşiliş taşabbusini olqişlagandek qabul qilişga












