Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy taşrifi doirasidagi navbatdagi muhim manzil Nagoya universiteti böldi. 

Nagoya universiteti dunyodagi eng nufuzli ilm-fan va ta'lim maskanlaridan, qit'adagi önta eng namunali oliy ta'lim dargohlaridan biridir. 

Mazkur universitetda dunyoga maşhur köplab olimlar ta'lim olgan va mehnat qilmoqda, bu yerdan fizika va kimyo fanlari böyiça olti nafar Nobel mukofoti sovrindorlari yetişib çiqqan. 

Bugungi kunda universitetda 16 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Şundan 2,6 ming nafari xorijiy mamlakatlar, 30 nafardan ortiği Özbekiston yoşlaridir. Hozirga qadar mazkur universitetda 400 dan ortiq özbekistonlik talaba va tadqiqotçi ta'lim olgan.

2010 yilda Toşkentda Nagoya universitetining vakolatxonasi oçilgan edi. Bugungi kunda mazkur vakolatxona mamlakatlarimiz oliy öquv yurtlari uçun ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida köprik vazifasini ötamoqda. Bevosita universitet iştirokida ikki mamlakatda muntazam ötkazilayotgan Özbekiston – Yaponiya talabalar akademik forumi va oliy öquv yurtlari rektorlarining an'anaviy konferensiyalari ilmiy hayotimizda katta rol öynamoqda. 

Davlat rahbari universitet faoliyati bilan tanişdi, uning prezidenti Seyiçi Matsuo bilan uçraşdi. Uçraşuvda qator Nobel mukofoti sovrindorlari va boşqa olimlar iştirok etdi.

– Sizning yurtimizga ilmiy hamkorligimizni rivojlantiriş borasida qilayotgan katta xizmatlaringizni alohida qadrlaymiz. Ayniqsa, ötgan yili Nobel mukofoti sovrindori, professor Ryoji Noyori janoblari bilan birgalikda Özbekistonga taşrifingiz mamlakatimiz ilmiy hayotida muhim voqea böldi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Seyiçi Matsuoning Özbekiston ilm-fani rivojiga munosib hissa qöşib kelayotganini e'tiborga olib, yaqinda Toşkent davlat texnika universiteti ilmiy kengaşi uni universitetning faxriy rektori etib sayladi. Şuningdek, Özbekiston Fanlar akademiyasi professor Noyoriga faxriy akademik unvoni berildi.

Uçraşuvda Prezidentimiz Seyiçi Matsuo va Ryoji Noyorini uşbu unvonlar bilan tabrikladi.