O‘zbekiston san'at muzeyini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda tashrif dasturining ikkinchi kunida Yaponiya parlamentining Maslahatchilar (yuqori) palatasi prezidenti Akiko Santo bilan uchrashdi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, ayniqsa, joriy yilda qabul qilingan qo‘shma memorandum doirasida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi faol muloqot olib borilayotgani yuksak baholandi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ta'lim, madaniyat, sport, gumanitar almashinuv sohalarida keng imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi.
Davlat rahbari Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi sessiyalari o‘tkaziladigan tarixiy zal bilan ham tanishdi.
Shuningdek, Tokio shahrida dunyoga mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando O‘zbekiston davlat san'at muzeyini rivojlantirish konsepsiyasiga doir takliflarini taqdim etdi.
Ma'lumki, poytaxtdagi muzeyni kompleks rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Yaponiyalik arxitektor Tadao Ando shular jumlasidan.
Uchrashuvda me'mor tomonidan Venadagi "Albertina" muzeyi direktori Klaus Shryoder va "Alternativ Velt" kompaniyasi prezidenti Adrian Barsan bilan hamkorlikda tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.
Davlat rahbari ushbu loyihani muzey ishining zamonaviy talablari va me'morchilikdagi ilg‘or yechimlarni hisobga olgan holda tayyorlash yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
Mavzuga oid
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024