O‘zbekiston | 10:05 / 19.12.2019
13033
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e'lon qilindi

Foto: FVV matbuot xizmati

2019 yil 19 dekabrdan 23 dekabrgacha, shuningdek 23 dekabr kuni ham O‘zbekiston Respublikasi tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e'lon qilinadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Bundan tashqari, 2019 yil 19 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 20 dekabr soat 08:00 gacha Chimyon tog‘ zonasida ko‘chki xavfi e'lon qilinadi.

2019 yil 21-22 dekabrda A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18-23 m.gacha  kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid