17 iyun kuni soat 14:49 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasiga “112” tizimi orqali Böstonliq tumani hududidagi Katta Çimyon toğida tört nafar fuqaro adaşib qolgani va ularga amaliy yordam zarurligi haqida xabar kelib tuşgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvçilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, toğli hududda qidiruv-qutqaruv işlarini boşlagan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida adaşib qolgan fuqarolarning joylaşuv örni aniqlanib, ular xavfsiz hududga olib çiqilgan.

Ma’lum qilinişiça, hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Barça fuqarolarning ahvoli yaxşi ekani bildirilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni toğli hududlarga sayohat qilişda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etiş, harakatlaniş yönalişini oldindan belgilab oliş hamda zarurat tuğilganda tezkor xizmatlarga murojaat qilişga çaqirdi.