«Umidchilar»ning ko‘pchiligi yana qaytib ketishga majbur bo‘lgan» - Akmal Burxonov
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
«Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy o‘zgarishlar, saylovoldi tashviqotini yakunlash, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantirish istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida «Yuksalish» umummilliy harakatining raisi Akmal Burxonov «Umid» jamg‘armasi tomonidan o‘z vaqtida xorijga o‘qishga yuborilgan yoshlarning ma'lum bir qismi O‘zbekistonga qaytib kelmagani haqidagi savolga javob qaytardi.
«Umid» jamg‘armasi o‘zini oqlamadi, qaytib kelishmadi, dedingiz. To‘g‘ri, shunday bo‘lgan. Aynan men institutga kirayotgan payt tengqurlarimning ko‘pchiligi «Umid» jamg‘armasi orqali ketishgan. Hammasi deyarli qaytib kelgan. Qaytib kelganidan so‘ng tizim bo‘lmaganligi uchun, men o‘zim biladigan, bitta kvartirada yashaganmiz, mening tengqurim borib kelgan, Amerikaga borib o‘qib kelishgan, kelganidan keyin tumanda ishlaysiz, deyishgan. Tumanda o‘zining sohasiga umuman aloqasi yo‘q joyga yuborishgan. U qanday qilib o‘rganib kelgan narsasini tuman darajasida, boz ustiga sohasi boshqa joyda implementatsiya qila oladi. Shunga o‘xshash juda ko‘p misollar bor, ya'ni maqsadsiz yuborilgan. Institutni yaqinda tugatgan, hattoki bakalavrga jo‘natilganda maqsad bo‘lmagan. Shuning uchun ham ko‘pchiligi yana qaytib ketishga majbur bo‘lgan. Buni tan olishimiz kerak.
«Umid» jamg‘armasidan ketganlarning ham vatanparvarlik hissi bor. Ko‘pchilik boshqacha tushunishi mumkin. Lekin, hissamni qo‘sha olamanmi, degan javob. Davlat bunga kafolat berishi kerak. Endi mana «El-yurt umidi» jamg‘armasi tuzildi, bunda maqsadli yuborilyapti. Ya'ni, qaysidir tashkilotda yoki vazirlik-idorada ishlaydigan va qaytib kelganidan so‘ng unda o‘rganib kelgan bilimlarini o‘z sohasida amalga oshirish uchun aniq kafolatlar bor», - dedi Akmal Burxonov.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
14:10 / 07.12.2023
O‘zbekiston xorijiy mansabdorlarga pora berishga qarshi konvensiyaga qo‘shiladi
21:53 / 04.12.2023
“Yog‘li” budjet, elitar korrupsiya va kechikayotgan deklaratsiyalash - Akmal Burhonov bilan suhbat
11:26 / 01.12.2023