Içki işlar vazirligining taklifi bilan deputatlar qabul qilgan qonun loyihasida huquq-tartibot idoralari xodimlarining tasvirlarini “obrösizlantiriş maqsadida” internetda e’lon qiliş uçun jazolaş nazarda tutilmoqda. Korrupsiya qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov oçiqlik siyosatiga zid bölgan uşbu norma qayta körib çiqilişi kerakligini aytdi.
Aksilkorrupsiya agentligi direktori Kun.uz naşriga Akmal Burhonov Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş va davlat taşkilotlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini oşirişga doir prezident farmoni yuzasidan intervyu berdi. Burhonov intervyu davomida jamoatçilik uçun dolzarb bölib turgan IIO xodimlari tasvirlarni tarqatişga doir savolga ham javob berdi.

“Bu loyihaga salbiy qaraymiz, agentlik bunga qöşilmaydi. Töğri, albatta şaxsni obrösizlantiriş maqsadida video tasvirga olişning özi qonunçilikka zid. Nafaqat içki işlar xodimlarini, balki oddiy fuqarolarni ham obrösizlantiriş maqsadida tasvirga olib tarqatiş noqonuniy harakat sifatida baholanişi kerak.
Lekin bu masalada aniq tartiblar belgilanmagani uçun köplab tuşunmovçiliklar va savollarni keltirib çiqarişi mumkin. Ya’ni, tasavvur qiling, içki işlar xodimi çoy içib ötiribdi. Şuni körsatib çiqarib yuborsa xodim “bizni obrösizlantirgan”, degan vajni aytişi mumkin va şuni aybdor qilib yuborişlari mumkin. Tuşunyapsizmi? Aniqlaştirilmaganligi uçun. Aynan bu normada taklif etilayotgan özgarişga biz agentlik vakili sifatida salbiy qaraymiz va oçiqlik siyosatiga zid, deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda ham agar IIO xodimlarini video tasvirga olib, uni obrösizlantirib çiqarib yuboradigan bölsa, qonunçilikda javobgarlik bor. Sudga murojaat qilib, uni javobgarlikka tortişi mumkin. Lekin, alohida “huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimi tasvirga oliş” degan normani kiritilişi uni tatbiq qilinişida ham qiyinçiliklar keltirib çiqarişi mumkin. Şuningdek, bunda suistemolçilik ham bölişi mumkin. Çunki javobgarlikka tortiş huquq tartibot idoralari, içki işlar idoralarning vazifasi hisoblanadi. Buni qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq, deb öylayman”, — deya Burhonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

28-noyabr kuni bölib Oliy Majlis qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişida huquq-tartibot idoralari xodimlarini “obrösizlantiriş maqsadida” iş faoliyatiga oid foto va videolarni internetda e’lon qilganlik uçun javobgarlik joriy etiş











