Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ommaviy axborot vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmati körsatişning ma'muriy reglamentiga köra, davlat röyxatidan ötkazilişi lozim bölgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:
davriy bosma naşrlar (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar va boşqalar);
tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, axborot agentliklari;
mahsulotlari Internet jahon tarmoği orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar);
asosan bolalar, ösmirlar, nogironlar uçun möljallangan, şuningdek, ta'lim va madaniy-ma'rifiy yönalişdagi ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boşqalar);
reklama xususiyatiga ega bölgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatişga ixtisoslaşgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar va boşqalar);
ommaviy axborot vositalarining boşqa turlari (elektron tarzda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boşqalar).
Reklama xususiyatiga ega bölgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma naşr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-, radio dasturlarda eşittiriş va körsatuv har bir soatining 10 foizidan köproğini reklama xabarlari taşkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tuşuniladi.
Quyidagilarni davlat röyxatidan ötkaziş talab qilinmaydi:
davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari tomonidan faqat ularning rasmiy xabarlari va faoliyati bilan boğliq bölgan boşqa materiallarini e'lon qiliş uçun ta'sis etiladigan ommaviy axborot vositalari;
korxona, muassasa, taşkilot (şu jumladan öquv va ilmiy muassasa)ning öz ehtiyojlarini qondiriş uçun tiraji yuz nusxagaça bölgan davriy bosma naşrlari;
tarqatilişi bir korxona, muassasa, taşkilot (şu jumladan öquv va ilmiy muassasa)ning binosi va (yoki) hududi bilan çeklangan kabel tarmoqlar orqali uzatiladigan tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, audiovizual xabarlar va materiallar.







