O‘zbekiston | 01:25 / 22.12.2019
7156
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federatsiyasi hududida 22 dekabr kungi saylovlarda qayerlarda ovoz bersa bo‘ladi?

Bugun 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham saylovda qatnashish imkoniyatiga ega.

Xo‘sh, Rossiyada turib saylovda qatnashish uchun qayerga borish kerak? TIV xorijdagi saylov uchastkalari ro‘yxatini taqdim etgan edi. Rossiya hududida tashkil qilingan saylov uchastkalari manzillarini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Moskva shahrida:

  • O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi (№31-saylov uchastkasi) — Moskva, Pogorelskiy pereulok, 12-uy, metroning «Polyanka» bekati. Telefonlar: +7-977 755-89-46, +7-977 296-07-26, +7-499 230-00-78
  • Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi (№54-saylov uchastkasi) — Moskva shahri, 1-Kazachiy pereulok, 11-uy, metroning «Polyanka» bekati (O‘zbekiston echixonasining mehmonxonasi); Telefonlar: +7-977 755-89-46, +7-977 296-07-26, +7-499 230-00-78

Sankt-Peterburg shahrida. №41-saylov uchastkasi

  • O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulligi –  Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4-A-uy. Telefon: +7-965 029-41-49

Qozon shahrida. №52-saylov uchastkasi

  • O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligi – Qozon shahri, Spartakovskaya ko‘chasi, 6-uy, «Suvar-plaza» biznes-markazi. Telefonlar: +7-843 526-55-64, +7-843 526-55-65

Rostov-Don shahrida. №40-saylov uchastkasi

  • O‘zbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligi – Rostov- Don shahri, Suvorov ko‘chasi, 28-uy. Telefon: +7-863 285-50-57

Yekaterinburg shahrida. №18-saylov uchastkasi

  • O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi — Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi, 22-uy, 4-qavat, 415-ofis. Telefonlar: +7-343 272-31-66, +7-343 272-31-33

Novosibirsk shahrida. №32-saylov uchastkasi

  • O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi – Novosibirsk shahri, Lomonosov ko‘chasi, 55B-uy. Telefon: +7-383 246-04-85

Vladivostok shahrida. №14-saylov uchastkasi.

  • O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulligi — Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy. Telefonlar: +7-423 260-48-00, +7-951 018-70-07

Eslatma: Barcha shaharlarda saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 - 20:00 oralig‘ida faoliyat ko‘rsatadi

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid