Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi ovoz berishda qonunbuzarliklar kuzatilmadi - TIV
Kuzatuvchilar ovoz berish jarayoni erkin, shaffof hamda O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlarga muvofiq o‘tganini qayd etdilar. Ovoz berishda qonunbuzarliklar kuzatilmadi.
2019 yilning 22 dekabr kuni soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan 23 dekabr ertalab soat 6:00) Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda mamlakatning Vashington shahridagi elchixonasi va Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi huzurida tuzilgan hamda 150-sonli Shayxontohur saylov okrugiga (Toshkent sh.) biriktirilgan 12- va 33-saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi.
Ushbu uchastkalar eng oxirgi bo‘lib yopildi va mamlakatda saylov jarayoni yakunlandi. Ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning 70 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi.

Hamyurtlarimiz o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanish uchun AQShning turli burchaklaridan yetib keldilar. Xususan, bir necha ming kilometr masofaga qaramay Meriland, Virjiniya, Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Nyu-York, Massachusets, Tennessi va Texas kabi shtatlardan saylovda qatnashish uchun elchixonaga keldilar.
Kuzatuvchilar ovoz berish jarayoni erkin, shaffof hamda O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlarga muvofiq o‘tganini qayd etdilar. Ovoz berishda qonunbuzarliklar kuzatilmadi.

Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026