2019 yilning eng yaxshi 10ta san'at asari
2019 yil davomida butun dunyo san'at ustalari ta'sirli san'at installyatsiyalari (zamonaviy tasviriy san'atda turli xil shakldagi real predmetlarni yagona badiiy tushuncha bilan birlashtirgan, hajm-makonga ega kompozitsiya) yordamida turli xil mavzularda o‘z fikrlarini bildirib, pozitsiyalarini namoyish etdilar. Ularning aksariyati bomba effektini yaratdi — xoh jamoat joylarini o‘zgartiradigan illyuziya bo‘lsin, xoh yorug‘lik nurlaridan foydalanilgan san'at asari.
Ba'zi ijodkorlar asarlaridan ijtimoiy mavzularni yoritishda foydalangan bo‘lsa, boshqalari iqlim o‘zgarishi va qurolli zo‘ravonlikning dolzarb mavzulariga e'tibor qaratishgan. Yilning art-yakunlarni sarhisob qilamiz va so‘nggi o‘n ikki oy ichida tarixga kirgan eng yaxshi o‘nta zamonaviy san'at asarlarini taqdim etamiz. Mualliflar orasida katta nomga ega bo‘lgan rassomlar qatorida debyutantlarni ham ko‘rish mumkin.
1. Yalpi ichki mahsulot — Benk
si
London janubida eng mashhur yerosti strit-art rassomi Benksining ko‘rgazma zali ochildi. Benksi (Yalpi ichki mahsulot) deb nom olgan o‘z ijodiy salonini tashkil etgani haqida shaxsiy instagram sahifasida e'lon qilgan. Gross Domestic Product savdo markasi rassomning ijodi tasvirlangan postkartlarni (otkritka) uning ruxsatisiz sotilishiga javoban yaratilgan.
2. Rezonansli lampalar o‘rmoni — teamLab
Yaponiyalik ijodkorlardan art-installyatsiyalar uchun anchagina oddiy g‘oya: ulkan xonani poldan shiftgacha yorqin chiroqlar to‘ldirish. Ammo zamonaviy texnologiyalar ushbu mazmunni to‘ldirishga imkon beradi: masalan, lampalar odam harakatiga reaksiya bildiradi.
Albatta, o‘qish orqali g‘oyani to‘liq tushunib yetish qiyin. Xayolingizga elektr buyumlari do‘koni kelishi mumkin, ammo teamLab'ning «Rezonansli lampalar o‘rmoni» installyatsiyasi ulkan meduzalar orasida suzishga o‘xshaydi.
Lampalar odam yaqin masofaga kelganini sezib rangini o‘zgartiradi, bu zanjir reaksiyasini qo‘zg‘atadi va atrofdagi chiroqlar yanada yorqinroq porlay boshlaydi. Yorug‘lik to‘lqini shu tarzda butun xonaga tarqalib, haqiqiy chiroqlar shousini yuzaga keltiradi.
3. VIGIL — Jyenni Xolser
Ijtimoiy harakatlarga aloqador yana bir hodisa — Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazi zabt etilishi.
Jyenni Xolser o‘qotar qurollar qurboni bo‘lganlar uchun yodgorlik sifatida 4 kun davomida VIGIL'ni namoyish etdi.
Unda tirik qolganlar va qurbonlar qarindoshlarining matnlari, mavzuga aloqador she'rlar ko‘rsatilgan.
4. Nurli dala — Bryus Munro
Britaniyalik mashhur ijodkor bu safargi g‘ayritabiiy installyatsiyasi uchun joy sifatida Avstraliya kengliklari markazini tanladi.
Kompozitsiya avvaliga quruq yerda mudroq tortgan urug‘larni yodga soladi. Ular issiqdan orom olish uchun qorong‘ulikni kutadi.
Olisdagi yulduzlarning miltillovchi nuri soya va yorug‘lik bilan o‘ynab tebranuvchi mitti gullarga hayot baxsh etgandek taassurot qoldiradi. Quvvat quyosh batareyalari orqali ta'minlanadi.
Loyiha mahalliy Anangu qabilasi hayotini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi xayriya doirasida yaratilgan. Poetik aborigenlar installyatsiyaga o‘z nomlarini berishgan va u tarjimada «juda ko‘p chiroyli chiroqlarga nigoh» ma'nosini beradi.
5. Ko‘priklar qurilishi — Lorenzo Kuinn
Italiyalik haykaltarosh va rassom Lorenzo Kuinn bir-biriga birikib turgan 6 juft qo‘ldan iborat o‘z san'at namunasini taqdim qildi. U Venetsiyaning Arsenal pristanida (kemalar to‘xtaydigan joy) qad ko‘targan. Installyatsiya 58-Venetsiya zamonaviy san'at biyennalisi ochilishi uchun maxsus yaratilgan. Kuinning ijod namunasi aloqa ko‘priklarini barpo qilish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish zarurligiga urg‘u beradi.
6. Chiziqlar (57° 59 ́N, 7° 16 ́W) — Pekka Niyttivirta va Timo Axo
Tashqi Gebridlar qirg‘oq chizig‘i bo‘yidagi oq xira yog‘du nurlari dengiz sathi ko‘tarilishi ehtimoliy darajasini ko‘rsatadi, u nazoratsiz iqlim o‘zgarishlari natijasida haqiqatga aylanishi mumkin.
Ekologik san'at installyatsiyasi suv ko‘tarilishi vaqtida uchta sinxronlashtirilgan yorug‘lik liniyasini faollashtiradigan sensorlar bilan jihozlangan.
Ijodkorlar yuz berishi taxmin qilingan dengiz sathi ko‘tarilishini eng katta zarba ostida qoluvchi mintaqada ko‘rsatib berish orqali iqlim o‘zgarishlari mavzusiga e'tibor qaratishga umid qilishgan. Ular Shotlandiyaning g‘arbiy sohilida joylashgan, pasttekislikdan iborat Whist orol arxipelagini tanlashgan.
7. Luvr piramidalari illyuziyasi — JR
Fransuz rassomi, strit-art ustasi JR Luvr shisha piramidalari ochilgan kunning 30 yilligini bayram qildi. Uning optik illyuziyalari Parijning diqqatga sazovor joyini ulkan chuqurga «tashladi». Asar «Buyuk piramida siri» deb nomlangan.
8. Nomsiz — Vaxit Tuna
Turk ijodkori Vaxit Tuna Istanbuldagi uylarning biri devoriga mamlakatda 2018 yil davomida o‘z eri tomonidan o‘ldirilgan ayollar xotirasiga 440 juft tuflini ilib chiqdi. Tuna poshnali tuflini ayollar irodasi va mustaqilligiga timsol qilib olgan.
9. Milan dizayn haftaligi uchun yaratilgan installyatsiya — Aleks Chinnek
Britaniyalik haykaltarosh bino «zanjirlarini yechdi». Shunday effekt yaratish uchun Chinnek qo‘shimcha fasad qo‘shgan va uning ortiga nurli ekran o‘rnatgan. Shu tarzda tarixiy Milan devorlariga nazar solish imkoni yaratilgan.
10. Vaqt nazariyasi — DAKU
Hindistonlik ijodkor Goa poytaxti Panajining asosiy ko‘chalaridan birini kitob varag‘iga o‘xshash holatga keltirdi. Harf va soyalardan tashkil topgan g‘aroyib installyatsiya Start Goa festivali uchun maxsus ijod qilingan.
Mavzuga oid
15:33 / 27.11.2022
“Qo‘llab-quvvatlovsiz bu tadbirni o‘tkazish imkonsiz edi” – mutaxassislar Luvrdagi ko‘rgazma haqida
17:48 / 24.11.2022
Foto: Luvrdagi O‘zbekiston ko‘rgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi
12:27 / 24.11.2022
Luvrda «O‘zbekiston vohalari mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi ochildi
17:18 / 22.11.2022