Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direktori Gayane Umerova Luvrda Özbekistonning birinçi körgazmasi loyihasi haqida gapirib berdi.

Uning sözlariga köra, körgazma xalqaro madaniy almaşinuv asosiy şakli bölib, u turli madaniyatlar global kontekstdagi muloqoti va integratsiyasidir. 

«Biz Luvrda Özbekistonning birinçi körgazmasi loyihasini amalga oşiriş uçun Fransiya va Özbekistonning eng yaxşi mutaxassislarini birlaştirişga muvaffaq böldik. 

Qariyb ikki ming yillik davrni qamrab olgan mazkur körgazma mamlakatimizning boy tarixi va merosini çet ellik taşrif buyuruvçilarga oçib beradi. 

Körgazma xalqaro madaniy almaşinuvning asosiy şakli bölib, u turli madaniyatlarning global kontekstdagi muloqoti va integratsiyasidir. 

Parijdagi körgazmalar jamğarmaning madaniyatimizni asrab-avaylaş va tarğib qiliş böyiça missiyasini yanada kengaytirişi, şuningdek, kelgusidagi ikki tomonlama hamkorligimiz uçun mustahkam poydevor yaratişi tabiiydir», — dedi Gayane Umerova.

Körgazma Buyuk Ipak yöli tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Körgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, Özbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, şuningdek, dunyoning yetakçi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinçi marta namoyiş etilmoqda.

Körgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi.