Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat muhojirlari Rossiyadan O‘zbekistonga o‘rtacha qancha pul yuborishi hisoblandi
Mutaxassislar mehnat muhojirlari Rossiyadan o‘z vatanlariga o‘rtacha qancha pul yuborishini hisoblab chiqdilar. Bu borada tegishli tadqiqot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda «Lenta».
Ta'kidlanishicha, so‘nggi uch yil ichida o‘rtacha pul o‘tkazmalari miqdori barqaror bo‘lib qoldi. Ammo Rossiyadan uzoq xorij mamlakatlariga jo‘natiladigan o‘rtacha pul miqdori 20 foizga kamaydi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, o‘rtacha hisobda mehnat muhojirlari Rossiyadan O‘zbekistonga 418 dollar, Tojikistonga 195 dollar, Ukrainaga 182 dollar, Xitoyga 1920 dollar va Qirg‘izistonga 536 dollar yuboradi.
Shuningdek, FinExpertiza kompaniyasi xodimlari to‘lov tizimlari ma'lumotlarini tahlil qilib, rossiyalik mehnat muhojirlari o‘z vatanlariga yuborgan o‘rtacha pul miqdorini aniqlashdi. Joriy yilning uch choragi yakunlariga ko‘ra, bu 422 dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026