Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orol dengizining suvi qurigan tubida «yashil qoplamalar» barpo etish davom ettiriladi
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar»- himoya o‘rmonzorlarn barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Orol dengizining suvi qurigan tubida «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni davom ettirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Hujjatga muvofiq:
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019 yilning kuz-qish va 2020 yilning bahor va kuz-qish mavsumlari davomida «yashil qoplamalar» barpo etish hajmlari;
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019 yilning kuz-qish va 2020 yilning bahor va kuz-qish mavsumlari davomida «yashil qoplamalar» barpo etish uchun cho‘l o‘simliklari urug‘larini tayyorlash hajmlari;
Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 2019 yilning qish va 2020 yil bahor mavsumida o‘rmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si tasdiqlandi.
Qarorda belgilanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududini belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi “yashil qoplamalar” barpo etish uchun:
o‘rmon xo‘jaliklaridan qo‘shimcha 1000 nafar xodim jalb etilishini;
ishchilar oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan ta'minlanishini;
cho‘l o‘simliklari urug‘lari zaxirasini jamg‘arish va ekish uchun uzluksiz yetkazib berishni;
kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish vositalari bilan ta'minlashni;
vaqtincha bino va inshootlar qurishni;
aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlarni jalb etishni;
zarur texnika va asbob-uskunalarni sotib olish va boshqa tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
a) «yashil qoplamalar»” barpo etish uchun jalb etilgan ishchi xodimlarni ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlash choralarini ko‘radi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda:
zaruratga ko‘ra, kichik aerodromlar tashkil etilishini;
ishchi xodimlarni hududdagi yashash joyidan “yashil qoplamalar” barpo etish joyigacha bo‘lgan masofaga tashish uchun tadbirkorlik sub'yektlaridan shartnoma asosida 20ta avtobus va urug‘ tashish uchun 10 ta yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositalari ajratilishini ta'minlaydi.
Mo‘ynoq shahrini ko‘kalamzorlashtirish uchun mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini yetishtirish, tayyorlash, ekish va parvarishlash ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligida 20 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil etilishini;
manzarali daraxt va buta ko‘chatlari shartnoma asosida yetkazib berilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
20:00 / 11.11.2022