2019 yil 23 dekabr kuni prezidentning «Xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston Respublikasining örnini yaxşilaşga oid çora-tadbirlarni tizimlaştiriş töğrisida»gi farmoni bilan tuzilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan işlaşni muvofiqlaştiriş böyiça komissiyaning 2019 yil yakunlari böyiça yiğilişi bölib ötdi.

Moliya vazirligi xabariga köra, yiğiliş boş vazir örinbosari – moliya vaziri, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan işlaşni muvofiqlaştiriş böyiça komissiyaning raisi – Jamşid Qöçqorov boşçiligida bölib ötdi.

Komissiya raisi, yiğiliş iştirokçilariga prezident farmon va qarorlarida belgilangan ustuvor xalqaro reytinglarda Özbekiston örnining kötarilişi aholi farovonligida katta ahamiyat kasb etişi va davlat idoralarning faoliyatini uşbu reyting va indekslarning talablari, baholaş mezonlaridan kelib çiqqan holda yuritiş maqsadga muvofiqligini ta'kidladi.

Yiğiliş davomida Komissiyaning yil davomida ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça bajargan işlari muhokama qilindi va kelgusi yil uçun Komissiya faoliyatining yönalişlari va rejalari belgilab olindi.

2019 yil davomida ustuvor xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan qator vazirlik va idoralarda ixtisoslaşgan tarkibiy bölinmalar taşkil etildi, Jahon banki, BMT Rivojlaniş dasturi, Jahon iqtisodiy forumi, xalqaro reyting agentliklari kabi reyting beruvçi taşkilotlar bilan muloqot örnatilişiga erişildi.

Bundan taşqari, xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş jarayonining samaradorligi va natijaviyligini ta'minlaş maqsadida, xalqaro reyting konsultantlari va ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik örnatildi, Özbekiston Respublikasining örnini ustuvor xalqaro reyting va indekslarda aks ettiriş va yanada yaxşilaş uçun quyidagi işlab çiqilgan çora-tadbirlar rejalari böyiça işlar amalga oşirilib kelmoqda:

vazirlik va idoralarning taşabbuskorligini oşiriş böyiça;

IHTTning mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflaş tizimida Özbekistonning örnini yaxşilaş böyiça;

siyosiy-huquqiy reytinglarda Özbekistonning örnini yaxşilaş böyiça;

iqtisodiy reytinglarda Özbekistonning örnini yaxşilaş böyiça;

Global raqobatbardoşlik indeksida Özbekistonning örnini aks ettiriş böyiça;