Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijlik tadbirkorga nisbatan firibgarlik sodir etildi
2019 yil sentabr oyida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro 35 yoshli G.D. chorva mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor, Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi 44 yoshli N.Ye. bilan 40 bosh qora mollarini har birini 6.500.000 so‘mdan sotib olishga kelishgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, G.D. pullarini 10 dekabr kuniga qadar bo‘lib-bo‘lib to‘lab berishga va'da berib, N.Ye.ni aldab, 2019 yil 15 noyabr kuni 40 bosh qoramolni Qozog‘iston Respublikasidan o‘zining uyiga olib kelib, 2019 yil 29 noyabr kuni soat 02:00da ushbu qora mollarni bozorda jami 220.000.000 so‘mga sotib yuborib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Fuqaro G.D. jinoyat ishi bo‘yicha ushbu modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026