19:00 / 30.12.2019
4
29623

Elektron hisob-fakturalarni Didox orqali bepul yuborish imkoniyati yaratildi

Didox tizimi 2020 yildan boshlab elektron hisob-fakturalar almashuvini hech qanday to‘lovlarsiz yuborish imkoniyatini yaratdi. Endi u taqdim etayotgan xizmat ko‘pgina korxonalar uchun qulay va foydali bo‘ladi.

Istalgan korxona har oy mingta fakturani mutlaqo bepul yuborishi mumkin. 

Agar korxona uchun elektron hisobvaraq-fakturalar almashinuvi bo‘yicha texnik ko‘mak va maslahatlar berish muhimroq bo‘lsa, jo‘natilgan har bitta hujjatga atigi 300 so‘m miqdorida haq olinadigan «Premial» paketidan foydalanishi mumkin va bunda korxonaga individual tarzda xizmat ko‘rsatiladi. Didox'dagi barcha kiruvchi hujjatlarni imzolash har qanday holatda ham bepul bo‘lib qoladi.

Didox bilan ishlashni boshlash uchun alohida shartnoma imzolash shart emas, faqat ro‘yxatdan o‘tish sahifasida ERI kaliti bilan ommaviy ofertani imzolash kerak. U quyidagi manzilda joylashgan: https://didox.uz/#/registration. 

Shuningdek, korxonalar boshqa EXA operatorlarining xizmatlaridan foydalanishda cheklanmaydi, ammo https://my.soliq.uz/ saytidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetda foydalaniladigan operatorlarni ko‘rsatishni unutmaslik juda muhim.

Didox bilan ishlashni mustaqil o‘rganish mumkin, tizim intuitiv tarzda tushunarli interfeysga ega. Shuningdek, tezroq o‘zlashtirish uchun u bilan ishlashga oid videoko‘rsatmalardan foydalanish va Telegram guruhidagi «Didox – savol-javoblar» (http://t.me/didox_uz)da ham maslahatlar olish mumkin. «Premial» tarifidan foydalanuvchilar uchun esa Didox mutaxassislarining individual maslahatlashuvlari imkoni mavjud.

«1C» yoki billing tizimidan chiqmasdan turib Didox elektron hisob-faktura almashish mumkin – biron ma'lumotni chiqarish yoki yuklash talab etilmaydi. Endi «1C» yoki billing tizimidagi «Chop etish» tugmasi o‘rniga, yangi – «Imzolash» tugmasidan foydalaning va bu hujjat bir zumda hamkoringizga yetib boradi. Shuningdek, kiruvchi hujjatlarni darhol hisob tizimiga olish mumkin va buni qo‘lda bittalab qilishga to‘g‘ri kelmaydi.

Didox mobil ilovasi yordamida istalgan joyda, istalgan vaqtda hujjatlarni yaratish va imzolash mumkin. Hozircha, u faqat Android qurilmalarida mavjud.

Sayt: didox.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top