Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korporativ kartalar va terminallar monitoringi: Didox imkoniyatlarini kengaytirdi
Endi Didox foydalanuvchilari terminal va korporativ kartalar bo‘yicha ma'lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri didox.uz veb-sayti yoki “1S” dasturida kuzatishlari mumkin.

Hozirgi kunda, Korxonada korporativ bank kartalari mavjud bo‘lsa, buxgalterlardan ushbu kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha olingan chek va kvitansiyalarni saqlash talab qilinadi. Aksariyat hollarda ushbu hujjatlar buxgalteriya bo‘limiga o‘z vaqtida yetib bormaydi yoki sifatsiz holda keladi, shu sababli ulardan foydalanish murakkablashadi. Bu buxgalteriya bo‘limi uchun jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki birlamchi hujjatlarni saqlash to‘g‘risidagi qonun talablari buzilishi va soliq bazasini noto‘g‘ri aniqlash xavfi mavjud.
Korxonada terminal mavjud bo‘lgan hollarda ushbu terminaldan to‘langan mablag‘ni buxgalteriya bo‘limida aks ettirish ham buxgalter uchun muammoli hisoblanadi.
Ushbu qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun Didox Universal Platforms (Uzcard ekosistemasi) bilan birgalikda monitoring xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Endi POS terminallar va korporativ bank kartalari (KBK) bo‘yicha tranzaksiyalar ro‘yxatini to‘g‘ridan to‘g‘ri didox.uz veb-saytida yoki 1C buxgalteriya tizimlarida kuzatish imkoniyati bor.
Yuridik shaxslar dastlabki o‘ttiz kun ushbu xizmatdan bepul foydalanishlari mumkin.
Funksiyadan foydalanishni boshlash uchun uni yangi “Monitoring” bo‘limida faollashtirishingiz kerak:
Monitoringni faollashtirishning zaruriy sharti - Universal Platforms sahifasidagi ommaviy taklifni imzolash.
Shundan so‘ng foydalanuvchining POS terminallarini kuzatish uchun sahifasi faol statusga o‘tadi. Tranzaksiyalarni ko‘rish uchun:
- Kerakli terminalni tanlang;
- Ushbu terminalda operatsiyalarni ko‘rish uchun vaqt oralig‘ini ko‘rsating;
- To‘lov amalga oshirilgan kartaning turini aniqlash uchun filtrni o‘rnating.
POS-terminal operatsiyalari ro‘yxatida, KBK orqali amalga oshirilgan to‘lovlar uchun darhol hisob-fakturani yaratishingiz mumkin.
Sahifadagi korporativ bank kartalari bo‘yicha tranzaksiyalar ro‘yxatini kuzatib borish uchun sizga quyidagilar kerak:
- Kartani yoki bir nechta kartani tanlang;
- Ro‘yxatini ko‘rish uchun muddatni belgilang;
- Tranzaksiya kvitansiyasini pdf formatida chop eting va / yoki saqlang.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:33
-
AQShning yangi savdo bojlari 7 avgustdan kuchga kiradi
Jahon | 12:32
-
Hafta oxirida quruq ob-havo saqlanib turadi
O‘zbekiston | 12:16
-
Chirchiqda yonilg‘i quyish shoxobchasi salkam 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 12:03
Mavzuga oid

12:00 / 15.03.2022
Didox: korxonalardagi xaridlar va savdolarga oid muammolarning yangicha yechimi taqdim etildi

19:00 / 30.12.2019
Elektron hisob-fakturalarni Didox orqali bepul yuborish imkoniyati yaratildi

09:25 / 23.01.2018