Tizimda tovar va xizmatlarni sotib olish bo‘yicha e’lonlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu e’lonlar shu kabi mahsulotlarni sotuvchi barcha tizim foydalanuvchilariga avtomatik tarzda tarqatiladi. Quyida ushbu xizmatning sotib oluvchi va sotuvchilar uchun yaratgan bir qator qulayliklarini ko‘rib chiqamiz.
Xaridlar
1-imkoniyat. Yetkazib beruvchilarni qidirish
Hozirgi paytda biror narsa xarid qilish kerak bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchilarni qanday tanlaymiz? Odatda tanishlardan so‘raymiz, Google'da qidiramiz yoki ma’lumot bazalarini qaraymiz. Har biri bilan bog‘lanib, takliflarni o‘rganish uchun qancha vaqt sarflanadi? Bu savollarga ko‘pchilikning javobi bir xil: juda ko‘p vaqt sarflab, ko‘pi bilan 5-6ta sotuvchi topiladi.
Ammo endi yangi yaratilgan muqobil usul yordamida sizning u yoki bu tovarga bo‘lgan talabingizni O‘zbekistondagi yetkazib beruvchilarning 70 foizdan ko‘pi shu zahotiyoq ko‘ra oladi. Bu bir kun davomida bir odam yoki hatto butun bo‘lim qilishi mumkin bo‘lgan ishdan o‘n barobar samaraliroq!
Buning uchun Didox’da yangi “So‘rov” obekti paydo bo‘ldi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- qidirilayotgan tovar/xizmatning identifikatsion kodi (tovar/xizmatning Soliq Qo‘mitasi tasnifiga muvofiq kodi);
- Nomi
- Ta’rifi
- Talab etilayotgan miqdori
- Yetkazish manzili
Bu ma’lumotlar asosida tizim qisqa fursatda 250 000dan ortiq tashkilot bazasidan barcha shunday tovar yetkazib beruvchilarni aniqlab ularga bu so‘rovni jo‘natadi.
So‘rovni yangi “Xaridlar” bo‘limida rasmiylashtirish mumkin. U uchta bo‘linmadan iborat:
* Xarid qilinayotgan tovarlar
- Mening so‘rovlarim
- Marketpleys

2-imkoniyat. Takliflar tahlili
Demak, biz sizga kerakli tovar/xizmat yetkazib beruvchilarni topish va ulardan takliflar qabul qilishga muvaffaq bo‘ldik! Endi bu takliflar orasidan eng yaxshisini qanday tanlaymiz? Axir narxdan tashqari yetkazib beruvchining ishonchliligi, uning QQS to‘lovchi sifatidagi maqomi va QQS uzilishlari koeffitsiyenti ham ahamiyatga ega.


















