Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Hurmo‘z bo‘g‘ozida Malayziyaga tegishli tankerni qo‘lga oldi
Foto: AP Photo / Vahid Salemi
Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusi dengiz bo‘linmalari Hurmo‘z bo‘g‘ozidagi Abu-Muso oroli yaqinida Malayziyaga qarashli tankerni ushladi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, kema noqonuniy yonilg‘i tashishda gumon qilinmoqda.
Islom inqilobi soqchilari korpusida ma'lum qilinishicha, kema bortidagi 16 dengizchi ushlangan va 1,312 mln litr yonilg‘i musodara qilingan.
Korpus qo‘mondonlaridan biri general Ali Uzmaiyning ta'kidlashicha, ushbu tanker Eron tomonidan ushlangan 6-tanker bo‘ldi.
Iyulda korpus kuchlari Eron suv hududida Britaniyaning Stena Impero tankerini qo‘lga olgandi. Keyinroq tanker qo‘yib yuborilgan.
Hurmo‘z bo‘g‘ozidagi bunday voqealardan keyin AQSh Eron va Yaman yaqinidagi suvlarni patrullash uchun xalqaro koalitsiya tashkil etishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:56
«Mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi» - Tramp Eronning tinchlik taklifini rad qildi
08:52
NYT: Kaspiy dengizi Rossiya va Eron uchun strategik savdo yo‘lagiga aylandi
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
11:29 / 08.05.2026