Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Procter and Gamble delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Procter and Gamble kompaniyasining vitse-prezidenti va bosh direktori D. Kurtaslanoglu boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida D.Kurtaslanoglu mamlakatda milliy iqtisodiyotning global kon'yunkturaga chuqur integratsiyalashuvi maqsadida, xorijiy kapitalni jalb qilish va boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini faollashtirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berib, O‘zbekistonning sanoat salohiyati va bozori Amerika biznesining diqqat e'tiborida ekanini ta'kidlab o‘tdi.
Korporatsiya rahbariyatining O‘zbekistondagi faoliyatga bildirayotgan qiziqishiga 2017 yilda Procter and Gamble’ning O‘zbekiston bozorga qaytishi va mahalliy distrebyuterlik tarmog‘ini ochilishi misol bo‘ldi. Bugungi kunda xodimlarning umumiy soni 260 kishini tashkil qilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik formati va shartlarini aniqlashtirish maqsadida ushbu tashabbusni chuqur o‘rganish uchun yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026